Kannavaro: "Juda achinarli jahon chempionati"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 55
2006 yilgi "Oltin to'p" sohibi Fabio Kannavaro Qatarda boshlangan Jahon chempionati Italiyasiz o'tayotganidan xafa. "Skuadra Adzurra" pley-offda Shimoliy Makedoniyaga shov-shuvli tarzda mag'lub bo'ldi, Italiya sporti uchun bu fojia 24 mart kuni yuz berdi. Va u ketma-ket ikkinchi Jahon chempionatini o'tkazib yuboryapti.
"Bu achchiq mundial, afsusdaman, Italiya terma jamoasining jahon chempionatlarida o'yinlarini ko'rmaydigan, biz kabi ularda o'smaydigan bolalarning yangi avlodlariga achinaman. Kichkinaligimda Italiya Germaniyani mag'lub etganidan keyin Dino Zoff Jahon chempionati kubogini qanday boshi uzra ko'targanini eslayman", - deb Kannavaro so'zlarini keltiradi ITASportPress.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!