Militao nima uchun Vinisius Braziliya terma jamoasida zaxira o'yinchisi ekani haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 73
"Real" himoyachisi Eder Militao jamoadoshi Vinisius Junior nima uchun Braziliya terma jamoasida zaxira o'yinchisi ekanligini tushuntirishga urinib ko'rdi.
"Vinisius - ajoyib futbolchi, ammo jamoada boshqa yaxshi o'yinchilar ham bor", - deya Militao so'zlarini keltirmoqda Marca jurnalisti Mario Kartagena.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum oxirida Vinisius Junior Chempionlar ligasi finalida "Liverpul"ga qarshi o'yinda "Real"ga g'alaba keltirgan golni urgan edi. Oltin to'p uchun ovoz berishda braziliyalik sakkizinchi pog'onani egalladi.
Joriy mavsumda Vinisius Ispaniya chempionatida 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!