"Inter" futbolchisi bilan shartnomani uzaytirishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38
“Inter” yaqin orada himoyachi Matteo Darmian bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi La Gazzetta dello Sport. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi.
Manba bergan xabarga ko'ra, yaqin orada tomonlar futbolchining jamoadagi kelajagi bo'yicha muzokaralarni boshlashadi.
32 yoshli italiyalik 2020 yilning kuzida Parmadan "Inter"ga o'tgan edi. Joriy mavsumda u jamoa safida 14 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq u "Manchester Yunayted", "Milan", "Palermo", "Torino" va Italiya terma jamoasida ham to'p tepgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!