"Chelsi" "Aston Villa" futbolchisini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66
"Aston Villa" klubining 25 yoshli yamaykalik futbolchisi Leon Beyli APLning boshqa jamoasiga o'tishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlariga ko'ra, Londonning "Chelsi" klubi futbolchining transferini rasmiylashtirmoqchi. "Ko'klar" shartnomani yanvar oyidagi transfer oynasida yopishni rejalashtirmoqda.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Leonning narxi 25 million evroga teng. Uning "Aston Villa" bilan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Beyli joriy mavsumda APLda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!