Suaresning keyingi klubi oydinlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 77
Ayni damda Luis Suares tez orada jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydigan Urugvay terma jamoasi ixtiyorida. Hozirda Suaresning yaqinlari, xususan uning rafiqasi “Los-Anjeles Gelaksi” bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Relevo nashri xabar bermoqda.
Luis Suaresning boshqa varianti bor – "Inter Mayami". Biroq tajribali urugvaylik uchun “Los-Anjeles Gelaksi”ga o'tish ustuvor vazifa hisoblanadi.
Katta ehtimol bilan "Barselona"ning sobiq hujumchisi faoliyatini MLSda davom ettiradi.
Eslatib o'tamiz, so'nggi olti oyda Luis Suares o'zining vatani Urugvayning "Nasonal" jamoasida o'ynadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!