O'zbekiston MTJ himoyachisi: "Bu oddiy o'rtoqlik o'yini"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov Rossiya terma jamoasi bilan o'tkaziladigan o'rtoqlik o'yini arafasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
O'rtoqlik uchrashuvi ertaga, 20 noyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tadi.
«Bu o'yinda favorit bo'lamiz deb o'ylamayman. Chunki har qanday Osiyo jamoasi bilan Rossiya favorit hisoblanishi mumkin.
Bu oddiy o'rtoqlik o'yini. Biz uchun ham, raqib uchun ham. Bungacha Qozog'iston bilan o'ynaganmiz, o'yin atrofida ham ko'p gaplar bo'ldi: derbi, derbi, derbi.
Lekin o'sha o'yin ham aslida faqat o'rtoqlik uchrashuvi va tayyorgarlik bosqichi edi. Demak, biz odatdagidek tayyorgarlik ko'ryapmiz», - deya Ashurmatovning so'zlarini keltiradi Match TV.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!