"Tottenxem"ning asosiy maqsadi ukrainalik futbolchi bo'lib turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
Jurnalist Marko Konterio "Atalanta" va "Tottenxem" o'rtasida yarim himoyachi Ruslan Malinovskiy transferi bo'yicha muzokaralar tez orada boshlanishi kerakligini aytdi.
Klub ukrainalik futbolchini yanvar oyidagi asosiy maqsad deb hisoblamoqda - bosh murabbiy Antonio Konte va sport direktori Fabio Paratichi shuni ta'kidlamoqda. Ularning fikricha, 29 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash jamoani keyingi bosqichga olib chiqishga yordam beradi, chunki kreativ yarim himoyachi izlash anchadan beri davom etmoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Malinovskiy uchun Premer-liganing boshqa vakillari, shuningdek, "Inter" va "Milan" da'vogarlik qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!