Klopp "Liverpul" rahbariyatidan Mbappe transferini so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp klub rahbarlari bilan suhbat o'tkazdi va u erda "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening ehtimoliy transferini muhokama qildi. Bu haqda Defence Central xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, germaniyalik mutaxassis yanvar oyida 23 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolanishi qanchalik real ekanligini aniqlashni so'ragan. Klopp Chempionlar ligasi 1/8 doirasidagi "Real"ga qarshi o'yin oldidan tarkibni kuchaytirmoqchi.
Shu bilan birga, «Liverpul» rahbariyati Mbappening transferi uchun hozircha imkoniyat yo'q deb hisoblamoqda.
Bahorda Kilian "PSJ" bilan yangi shartnoma imzoladi. Transfermarkt uning narxini 160 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!