Luis Enrike JCh-2022 favoritlarini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Qatardagi g'alaba uchun qaysi jamoalarni asosiy da'vogar deb bilishini aytdi.
“Jahon chempionati favoritlarimi? Men juda original emasman: Braziliya, Argentina, Germaniya, Frantsiya, Ispaniya, Angliya, Niderlandiya. Balki Belgiya ham bu ro'yxatda bordir”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo'lib o'tadi. Ochilish uchrashuvida Jahon chempionati mezbonlari Ekvador terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Ispaniya o'z o'yinini 23 noyabr kuni bo'lib o'tadigan Kosta-Rikaga qarshi o'yin bilan boshlaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!