"PSJ" Shkrinyarga yiliga 9 million evro taklif qilgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
"Inter" markaziy himoyachisi Milan Shkrinyar jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishga juda yaqin turibdi.
Tomonlar uzoq vaqt davomida kelishuvning moliyaviy qismi bo'yicha kelisha olmadi, ammo endi muzokaralarning muvaffaqiyatli yakunlanishiga bir qadam qolgandek ko'rinmoqda.
Jurnalist Franchesko Fontananing xabar berishicha, slovakiyalik futbolchi “Inter”dan yiliga 6 million evro maosh oladigan taklifni qabul qilish arafasida. Avvalroq, 27 yoshli futbolchi sezilarli darajada ko'proq, yiliga 9 million evro taklif qilgan parijliklarni rad etgandi.
Milan Shkrinyar va "neradzurrilar" o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2023 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!