Ramos eng yaxshilar qatoridan joy oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 70
«PSJ»ning ispaniyalik himoyachisi Serxio Ramos Globe Soccer Awards tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi himoyachisi deb topildi.
Marosimda 36 yoshli futbolchi sovrinni qabul qilib oldi.
Shuningdek, faoliyati davomida erishgan yutuqlari uchun shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovich («Milan»), shuningdek, nafaqadagi Ueyn Runi va Romario ham mukofotlandi.
Menejmentdagi muvaffaqiyati uchun mukofot italiyalik funktsioner Adriano Gallianiga berildi, u avval «Milan»da, hozir esa «Montsa»da ishlaydi. «Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri murabbiylik faoliyati uchun mukofot oldi.
Eslatib o'tamiz, Ramos faoliyati davomida «Sevilya» va «Real»da ham to'p tepgan. U 2010 yilda Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo'lgan.