"Liverpul" yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
"Liverpul" yarim himoyachi Kyortis Jons bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin, deb xabar beradi The Times.
Manbaga ko'ra, "qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp futbolchiga ishonmoqda. Klub unga yaxshilangan shartlar asosida shartnoma taklif qilishga tayyor.
Jons “Liverpul” tarbiyalanuvchisi. 21 yoshli angliyalikning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchining narxini 22 million evroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Jons jarohati tufayli "Liverpul" safida bor yo'g'i 7 ta o'yin o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!