Desham Mbappe va Benzema haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 30
Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham jamoa yulduzlari – hujumchilar Kilian Mbappe va Karima Benzema haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Karim va Kilian hujumkor futbolchilar. Ularda ajoyib futbol mahorati bor. Lekin ularning hech biri jamoaning asosiy futbolchisi bo'lishni xohlamaydi. Aynan ular sheriklarni orqasidan etaklashlari kerak. Ammo Benzema va Mbappe eng oliy qadriyat jamoa ekanligini yaxshi bilishadi", - deya murabbiyning so'zlaridan iqtibos keltiradi Goal.com.
Frantsiya terma jamoasi amaldagi jahon chempioni hisoblanadi. U o'z guruhida Tunis, Daniya va Avstraliyaga qarshi bahs olib boradi. Turnir 20 noyabr kuni Qatarda boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!