"PSJ" va "Yuventus" "Liverpul" yarim himoyachisini tekinga o'z safiga qo'shib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
“PSJ” va “Yuventus” “Liverpul” yarim himoyachisi Nabi Keytani sotib olmoqchi, deya xabar beradi Goal.com. Nashrning yozishicha, ikkala klub ham futbolchini kelasi yozda tekinga o'z safiga olmoqchi.
Shuningdek, futbolchiga Germaniya chempionatining bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.
Keytaning ingliz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. Klub rahbariyati futbolchi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda, biroq futbolchining o'zi o'yin vaqti kamligidan norozi va klubni erkin agent sifatida tark etmoqchi. Transfermarkt portaliga ko'ra futbolchining narxi 20 million evroni tashkil qiladi.
27 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda “Liverpul” safida bitta o'yinda zaxiradan maydonga tushdi. Futbolchining joriy mavsumdagi umumiy o'yin vaqti besh daqiqani tashkil etadi.