Lukakuning muammosi nimada? Martines javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines hujumchi Romelu Lukakuning holati haqida gapirdi.
"Lukakuning muammosi klubini almashtirishda emas, balki u faoliyatidagi birinchi jiddiy jarohatini olgani, avvallari mushaklarida bunday muammo bo'lmaganida. Biz bilamizki, Romelu jismonan juda kuchli va u uchun qiyin davr bo'lgan - uning tanasi turli yo'llar bilan reaktsiyaga kirishgan. Biz “Inter”ning tibbiyot xodimlari bilan ajoyib ish qildik va umid qilamizki, u optimal formaga kirish uchun vaqt etarli”, — dedi Martines.
29 yoshli belgiyalik futbolchi joriy mavsumda “Inter” safida barcha turnirlar doirasida 5 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!