«Vest Xem» bu qarorda shoshilmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56
«Vest Xem» bosh murabbiyi Devid Moyes yaqin orada iste'foga chiqarilmaydi.
O'tgan mavsumni ajoyib o'tkazgandan so'ng, jamoa bu yilni Premer-liganing 15 o'yinida atigi to'rtta g'alaba bilan boshladi.
Londonliklar chempionatning so'nggi besh o'yinining to'rttasida mag'lub bo'lib, quyi ligaga tushish zonasiga yaqinlashib qolishdi, Moyesning chetlatilishi haqidagi mish-mishlar OAVda yanada faolroq tarqala boshladi.
Nufuzli BBC Sport nashrining yozishicha, ayni damda «Vest Xem» rahbariyati shotlandiyalik mutaxassis bilan xayrlashish niyatida emas.
«Bolg'achilar» navbatdagi o'yinni turnir jadvalida peshqadam - «Arsenal»ga qarshi o'tkazishadi. Uchrashuv 26 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!