Mourino Dibalaning jamoa o'yiniga ta'siri haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriya doirasida "Torino" bilan durang (1:1) haqida gapirdi.
Rimliklar so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutilib, qo'shib berilgan vaqtda Nemanya Matichning harakatlari evaziga hisobni tenglashtirishdi.
"Bugungi o'yin ikki qismga bo'lingandi - 70-daqiqagacha va keyin. "Roma" muxlislari maydonga chiqishga hozirdanoq tayyorgarlik ko'rishdi, ammo so'nggi 20 daqiqada biz avvalgi to'rt-beshta o'yindagidan ko'ra ko'proq imkoniyatlar yaratdik. Nima uchun bu sodir bo'ldi? Javob oddiy Dibala 70-daqiqada maydonga tushdi. Agar u jarohat olmaganida biz ko'proq ochko to'plagan bo'lardik", - dedi portugaliyalik murabbiy DAZN nashriga bergan intervyusida.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!