"Barselona" Artetani Xaviga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 57
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Barselona" rahbariyatining e'tiborini tortdi, deb xabar beradi TEAMtalk.
Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 40 yoshli mutaxassisni qatorasiga ikkinchi yil Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o'ta olmagan jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Xavi Ernandesga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Shuningdek, Xosep Gvardiolaning yordamchisi bo'lib ishlagan Artetaning xizmatlariga "Manchester Siti" ham qiziqish bildirmoqda.
O'tkazilgan 14 ta o'yindan so'ng “Arsenal” eng yaqin ta'qibchisi “Manchester Siti”dan 5 ochko oldinda, APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Arteta "kanonirlar"ni 2019 yilning dekabridan beri boshqarib kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!