Jaka jarohati sabab jahon chempionatini o'tkazib yuborish xavfi ostida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
"Arsenal" va Shveytsariya terma jamoasi yarim himoyachisi Granit Jaka jarohati tufayli jahon chempionatini o'tkazib yuborish xavfi ostida.
Futbolchi APL 16-turidan o'rin olgan "Vulverxempton"ga (2:0) qarshi o'yinning birinchi bo'limida jarohat olgan va o'yinning 16-daqiqasidayoq almashtirilgandi. 30 yoshli Jaka joriy mavsumda “kanonirlar” safida 20 ta o'yinda 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Jahon chempionati 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatarda bo'lib o'tadi. Musobaqaning guruh bosqichida Shveytsariya terma jamoasi Braziliya, Serbiya va Kamerun terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!