UFC-281. Dastin Pore bo'g'ish usuli bilan Maykl Chendlerni taslim etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
AQShning Nyu-York shahridagi Madison Square Garden’da O'zbekiston vaqti bilan 13 noyabr tongida UFC 281 musobaqasi bo'lib o'tdi.
Musobaqaning asosiy kardida promoushen engil vazn toifasining yorqin vakillari Dastin Pore (29-7) va Maykl Chendler (23-8) o'zaro to'qnash keldi.
Birinchi raundda har ikki yakkakurashchi bir-biriga zarbalar yo'llashda faol bo'ldi. Raund oxirida Pore raqibini muvozanatdan chiqarishga erishdi, biroq finish uchun vaqt etmadi.
Ikkinchi raund Chendler faollikni oshirdi va besh daqiqalikning katta qismini parterdagi ustunlik bilan o'tkazdi. Uchinchi raundda ham Maykl raqibini parter holatiga olib o'tmoqchi bo'ldi, biroq Pore qulay vaziyatga ega bo'ldi va raqibiga bo'g'ish usulini qo'llab, taslim etdi.
Qayd etish kerak, Chendler faoliyatida ilk bor sabmishen tufayli mag'lubiyatga uchradi.
Shu tariqa 11 oylik tanaffusdan keyin oktagonga qaytgan Dastin yorqin g'alabaga erishdi. Pore 2021 yilning dekabrida titul uchun jangda Charlz Oliveyraga yutqazib qo'ygandi.
Chendler esa UFC’dagi beshinchi jangida uchinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Maykl bundan avvalgi jangini may oyida Toni Fergyusonga qarshi o'tkazib, raqibini 2-raundda nokautga uchratgandi.