Ten Xag De Xeaga imkon beradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag «Fulxem»ga qarshi o'yindan jiddiy o'zgarishlar qilishi mumkin.
«Qizil iblislar» payshanba kuni «Aston Villa» ustidan qozonilgan 4:2 hisobidagi g'alabadan so'ng bu o'yinga yuqori darajada kirishadi. Asosiy o'zgarish darvoza zonasida bo'ladi.
Martin Dubravka payshanba oqshomida «Villa»ga qarshi «Yunayted» safida debyut qildi. Ammo 33 yoshli futbolchi «Fulxem»ga safarda zaxira o'rindig'iga tushishi kutilmoqda.
David De Xea mavsumni chalkash boshladi va xatolarga yo'l qo'ydi. Biroq, o'shandan beri 31 yoshli futbolchi o'zining formasiga qaytdi va yana jamoasiga yordam berishda davom etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!