Gandbol: Toshkentda o'smirlar o'rtasida mamlakat birinchiligi davom etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 881
Poytaxtimizdagi sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashgan Respublika oliy sport mahorati maktabida gandbol bo'yicha 2002-2003 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida O'zbekiston birinchiligi o'tkazilmoqda. Unda Qashqadaryo viloyatidan tashqari respublikamizning barcha hududlari jamoalari g'oliblik uchun bahslarga kirishdi. Avvaliga jamoalar 4ta guruhga taqsimlanishdi. Unga ko'ra o'z guruhlarida dastlabki ikki o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar g'oliblik uchun kurashni davom ettirsa, 3-o'rin sohiblari 9-12-o'rinlar uchun bahs yuritardi. Murosasiz kechgan kurashlar natijasida "A" guruhidan Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda Namangan viloyati, "V" guruhidan Toshkent shahri va Andijon viloyati, "S" guruhidan Surxondaryo va Toshkent viloyatlari, nihoyat "D" guruhidan Xorazm va Farg'ona viloyati jamoalari pley-offga chiqishdi. Hal qiluvchi bosqichda kutilganidek Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi, shuningdek Surxondaryo hamda Andijon viloyati jamoalari yarim final bosqichida kurashni davom etttiradigan bo'ldi. Aksincha, guruh bosqichida ajoyib o'yinlar namoyish etgan xorazmliklar chorak finalda andijonlik tengqurlariga imkoniyatni boy berdi - 36:30. Xolbuki Xorazm viloyati jamoasi g'oliblikka asosiy da'vogarlardan biri sifatida e'tirof etilayotgan edi. Pley-off bosqichida qayd etilgan natijalar: 9-12-o'rinlar uchun Jizzax - Buxoro - 33:26 Navoiy - Sirdaryo - 52:51 1-8-o'rinlar uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi - Toshkent vil. - 38:35 Toshkent sh. - Farg'ona - 48:26 Namangan - Surxondaryo - 26:28 Andijon - Xorazm - 36:30 Musobaqa g'oliblari ertaga aniqlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!