"Napoli" skauti "Empoli"ning ikki futbolchisini kuzatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
"Napoli" skauti kecha bo'lib o'tgan Italiya chempionati 13-turidan o'rin olgan "Empoli" - "Sassuolo" (1:0) uchrashuvida ishtirok etdi, deya xabar beradi Nikolo Skira.
U asosiy e'tiborni “Empoli” darvozaboni Gulielmo Vikario va yarim himoyachi hal qiluvchi gol muallifi Tommaso Baldantsiga qaratdi.
Ikkala futbolchi ham kelasi mavsum uchun jamoa sotib olishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatiga kiritilgan.
26 yoshli darvozabonni “Roma” ham kuzatib bormoqda.
Joriy mavsumda Vikario 14 ta o'yinda 4 ta quruq o'yin o'tkazdi, 19 ta gol o'tkazib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!