"Siti"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng “Fulxem” murabbiyi: "Naqadar shafqatsiz bahs!"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
Angliya chempionatining o'n beshinchi turidan o'rin olgan o'yinda “Manchester Siti” “Fulxem”ni qiyinchilik bilan mag'lub etib, hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtda hal qiluvchi golni urdi.
Belgiyalik yarim himoyachi Kevin de Bryuynega nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun belgilangan penaltini norvegiyalik hujumchi Erling Xoland golga aylantirdi. "Fulxem" uchun bu jiddiy umidsizlik bo'ldi va jamoa menejeri Marko Silva buni yashirmadi.
Biz uchun juda shafqatsiz bahs! Bunday mag'lubiyatni qabul qilish qiyin. Lekin bu, aksincha, bizning munosabatimizni, "Siti"dek jamoa bilan o'yinda muammo yaratishga bo'lgan motivatsiyaimizni ko'rsatadi. Bunday mag'lubiyatlarni unutish qiyin, ammo ular tufayli biz yanada etuk, kuchliroq bo'lamiz", - deydi Silva.