Konte niderlandiyalik himoyachiga qiziqish bildirgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
Huquqlari "Inter"ga tegishli bo'lgan gollandiyalik Denzel Dyumfris faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Calciomercatoweb xabariga ko'ra, uning xizmatlariga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.
Himoyachining taklifiga “shporlar” ustozi Antonio Konte qiziqish bildirgan. 40 million evroga baholangan kelishuv yanvar oyidagi transfer oynasida yakunlanishi mumkin.
Dyumfris joriy mavsumda “neradzurrilar” safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 26 yoshli futbolchining "Inter" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!