"Leyptsig" ajoyib seriya qayd etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54
Bundesliganing 13-turida “Leyptsig” “Xoffenxaym”ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Bu Marko Rouz jamoasining so'nggi 11 uchrashuvdagi 9-g'alabasi bo'lib, klub yana ikki bor durang o'ynadi.
Rouz qo'l ostida "Leyptsig" oxirgi marta 17 sentyabr kuni Myonxengladbaxning "Borussiya"si bilan o'yinda (0:3) mag'lub bo'lgandi.
Jamoa Germaniya chempionatida peshqadam “Bavariya”dan 6 ochko ortda qolib, 6-o'rinda bormoqda.
Chempionlar ligasida “Leyptsig” “Shaxtyor”ni mag'lub etib, turnirning pley-off bosqichiga yo'llanma oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!