Meddison jahon chempionatida ishtirok etmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
"Lester" yarim himoyachisi Jeyms Meddisondan Angliya terma jamoasining JCh-2022 uchun kengaytirilgan tarkibiga qo'shilishni xohlaysizmi, deb so'rashdi.
"Turnirda qatnashish haqida o'ylamayman desam, yolg'on gapirgan bo'laman. Mundial deyarli keldi - bu eng yuqori nuqta. Mening javobim doim bir xil: agar bor e'tiborimni “Lester”da o'ynashga qaratsam, terma jamoa murabbiylar shtabi e'tiborini jalb qila olaman, ammo bu mening nazoratim ostida emas”, — dedi Meddison.
Murabbiy Garret Sautgeyt Jeymsni terma jamoaga chaqirmaydi. U 2019 yilda "oq sherlar" uchun bor-yo'g'i bitta o'yin o'tkazgan.
Joriy mavsumda Meddison 13 o'yinda 6 gol va 4 golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!