Origi: "Napoli" ajoyib jamoa, ammo "Milan" ham yaxshi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
"Milan" hujumchisi Divok Origi A Seriyada birinchi o'rin uchun "Napoli"ga qarshi kurash haqida gapirdi.
Neapolliklar Italiya chempionati turnir jadvalida 32 ochko bilan peshqadamlik qilishyapti.
"Biz A Seriyadagi raqobat juda yuqori saviyada ekanligini bilamiz. "Napoli" - ajoyib jamoa, ammo "Milan" ham juda yaxshi - bu futbolning go'zalligi. Siz eng yaxshilar bilan raqobatlashish uchun maydonga chiqasiz, qiyinchiliklarga duch kelasiz va jamoaga turnir jadvalida imkon qadar ko'proq ochko to'plashga yordam berasiz. Keling, hammasi qanday tugashini ko'rib chiqaylik", - deya iqtibos keltiradi DAZN belgiyalikning so'zlaridan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!