Lautaro uchun Lukaku + pul taklif qilinishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86
"Chelsi" "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesga qiziqish bildirmoqda.
InterLive xabariga ko'ra, transfer kelasi yozda amalga oshishi mumkin. Londonliklar Italiya klubiga kerakli summani taklif qilishga tayyor, shuningdek, kelishuvga Romelu Lukakuning ijarasidan keyin jamoalar rahbariyatining munosabatlari ijobiy ta'sir ko'rsatishiga umid qilmoqda.
Belgiyalik hujumchi transferning bir qismi bo'lishi mumkin, "Chelsi" yana 40 million evro to'laydi. "Inter" esa argentinalik futbolchini sotmoqchi emas.
25 yoshli futbolchi joriy mavsumda 16 o'yinda 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!