"MYu" va "Chelsi" "Ayaks" himoyachisi uchun kurashda ishtirok etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 57
"Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari "Ayaks" yarim himoyachisi Edson Alvaresga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Calciomercato.
Futbolchining Niderlandiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Londonliklar yozgi transfer oynasining so'nggi kunlaridayoq Alvaresni qo'lga kiritishga harakat qilishdi, biroq meksikalik futbolchining o'zi Premer-ligaga o'tish istagiga qaramay, "Ayaks" taklifni rad etdi.
25 yoshli Edson joriy mavsumda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!