Ronaldo Gvardiolaning Braziliya terma jamoasida ishlashi mumkinligi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
Afsonaviy braziliyalik hujumchi Ronaldo "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi bilan bog'liq mish-mishlarga munosabat bildirdi.
"Agar evropaliklar nafaqat Braziliya terma jamoasini, balki Braziliya klublariga ham ustozlik qilishsa, buni jon deb istardim. Xosep Gvardiola yoki Karlo Anchelotti kabi murabbiylar tarixiy ahamiyatga ega bo'lishi mumkin", - deya Ronaldoning so'zlarini keltiradi The Guardian.
Braziliya terma jamoasi bo'lajak Jahon chempionatida Serbiya, Shveytsariya va Kamerun bilan bir guruhda o'ynaydi. Tite shogirdlari turnirdagi ishtirokini 24 noyabr kuni serblar bilan o'yinda boshlaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!