Varan: "Manchester Yunayted" "Tottenxem"ga ko'proq gol urishi mumkin edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 57
"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Rafael Varan Angliya Premer-ligasining 12-turi doirasidagi "Tottexem" ustidan qozonilgan g'alaba (2:0) haqida gapirdi.
“Biz yaxshi o'yin ko'rsatdik. Ko'plab vaziyatlar yaratdik va ko'proq gol urishimiz mumkin edi, ayniqsa uchrashuvning birinchi yarmida. "Manchester Yunayted" ajoyib jamoaviy ish ko'rsatdi. Men Lisandro bilan muloqot qilishni yaxshi ko'raman, u juda yaxshi futbolchi. U bilan o'ynash ajoyib", - deya frantsiyalik himoyachining so'zlaridan iqtibos keltiradi Manchester Evening News.
Kechagi g'alabadan so'ng Erik ten Xag shogirdlari 19 ochko jamg'arib, Premer-liga turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turishibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!