Klopp Nunesning "Vest Xem"ga qarshi o'yinini yuqori baholadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp kecha "Vest Xem"ga qarshi (1:0) APLning 12-tur uchrashuvida hujumchi Darvin Nunesning o'yini haqida fikr bildirdi. Urugvaylik futbolchi uchrashuvdagi yagona gol muallifiga aylandi.
“Darvin ajoyib o'yin ko'rsatdi. U juda ajoyib iste'dodga ega va u endigina 22 yoshda. U g'alaba golini urdi, men u uchun xursandman", - deya xabar beradi BBC Sport.
Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Nunes 7 o'yin o'tkazib, 3 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Liverpul" 16 ochko jamg'arib, APL turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!