«Tur de Frans»ni yutdik» – Xojson
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10560
“Kristal Pelas” bosh murabbiyi Roy Xojson “Manchester Siti”ga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.
“Bunday natijaga sexrli tayoqcha yordamida yoki jamoa bilan besh daqiqa suhbatlashib erishib bo'lmaydi.
Bu g'alabaga erishish uchun juda ko'p mehnat qildik va ko'plab taktik sxemalar ustida ishladik va barchasini ajoyib bajardik.
Bill Shenkli chempionat bu sprint emas marafon degan edi. Agar APLni velopoyga deb tasavvur qiladigan bo'lsak, biz “Tur de Frans”ni yutdik. Oldinda bizni juda ko'p o'yinlar kutib turibdi”, – deydi Xojson.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!