Bos APLda ish boshlashi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 99
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, "Vulverxempton" rahbariyati jamoaga bosh murabbiy izlashda davom etmoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, ingliz klubi Maykl Bil (QPR) va Peter Bos (Lion) nomzodlarini ko'rib chiqmoqda.
Bos bu lavozimga asosiy da'vogar sanaladi. 58 yoshli niderlandiyalik mutaxassis "bo'rilar" bilan ikki yillik shartnoma imzolamoqchi.
"Vulverxempton" rahbariyati 2 oktyabr kuni avvalgi bosh murabbiy Bruno Lajeni iste'foga chiqardi. Jamoa 10 o'yindan keyin 9 ochko jamg'argan holda Premer-liga turnir jadvalida 17-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!