Noyer navbatdagi bahsni ham o'tkazib yuborishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann darvozabon Manuel Noyerning "Xoffenxaym"ga qarshi Germaniya chempionati 11-tur uchrashuvida ishtirok etishi so'roq ostida ekanini aytdi.
Darvozabon elkasidan olgan jarohati sabab 10-turda “Frayburg”ga (5:0) qarshi o'ynay olmadi.
“Manuel hali ham og'riqdan azob chekmoqda. Umid qilamizki, u dam olish kunlarida qaytib, "Xoffenxaym"ga qarshi o'ynaydi, ammo biz kutishimiz va uning holatini kuzatishimiz kerak", - deya Nagelsmanning so'zlaridan iqtibos keltirgan Myunxen jamoasi matbuot xizmati.
"Xoffenxaym" - "Bavariya" uchrashuvi 22 oktyabr kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 18.30da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!