Jeparov iste'foga chiqarildi, «Lokomotiv»ni boshqa mutaxassis boshqaradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
Kecha bo'lib o'tgan Superliga 22-tur doirasidagi «Lokomotiv» - «Olimpik» uchrashuvidan so'ng «temiryo'lchilar» bosh murabbiyi Server Jeparov klub rahbariyati tomonidan iste'foga chiqarildi.
«Lokomotiv» kecha juda muhim bellashuvda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu esa klub rahbariyatining keskin qaror qabul qilishiga sabab bo'ldi.
Superliga bahslarining qolgan 4ta turiga asosiy jamoani taniqli va tajribali mutaxassis Mirko Elichich boshqaradi. Avstraliyalik murabbiy iltimosiga binoan Denis Korostichenko ham murabbiylar shtabiga qaytib, Elichichga yaqindan yordam beradi.
Jamoani oldinda «Paxtakor», «Navbahor», «So'g'diyona» va «Metallurg» bilan kechadigan qiyin uchrashuvlar kutmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!