"Yuventus" yarim himoyachisini yanvarda sotishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Ueston Makkenni klubini o'zgartirishga yaqin turibdi. Calciomercato jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, amerikalik futbolchi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega edi. Uning xizmatlariga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.
Ueston 2020 yildan buyon "keksa sinora" sharafini himoya qilib kelmoqda. Makkenni joriy mavsumda 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning "Yuventus" bilan shartnomasi yana 3 yil davom etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!