Belarus chempionati o'yini paytida hakam hushdan ketdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
Belarus chempionatining 25-turidan o'rin olgan BATE va «Dinamo-Brest» jamoalari o'rtasidagi uchrashuvning birinchi bo'limi ayni paytda yakuniga etdi. 12-daqiqada o'yin kutilmagan sabab tufayli to'xtab qoldi.
Gap shundaki, bosh hakam Dmitriy Dolya o'zidan o'zi hushdan ketib, maydonga yiqildi. Futbolchilar buni tezda sezishdi va maydonga shifokorlarni taklif qilishdi. Har ikki jamoaning ikki nafardan tibbiyot xodimlari (jami 4 nafar) maydonga yugurib chiqib, referiga yordam ko'rsatishdi. Shundan so'ng Dolyani zambildan maydondan olib chiqib ketishdi. O'yinni esa zaxira hakami boshqarishda davom etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!