Galyardo 9 yillik faoliyatidan so'ng "River Pleyt" bosh murabbiyligidan ketadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"River Pleyt" jamoasi bosh murabbiyi Marselo Galyardoni iste'foga chiqarganini e'lon qildi.
Mutaxassis klubda 2014 yilning iyun oyidan buyon ishlab kelayotgan edi. 46 yoshli argentinalik mutaxassis 2022 yilning oxirigacha mo'ljallangan shartnomasi yakunlangach, jamoani tark etadi.
Murabbiy sifatida Galyardo "River Pleyt" bilan birga ikki marta Argentina kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan, shuningdek, ikki marta Libertadores kubogini va bir marta Argentina chempionatini qo'lga kiritgan.
Avvalroq Galyardoga Evropaning top-klublaridan qiziqish borligi haqida bir necha bor xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!