So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Rasman! Umid Ahmadjonov MOQdan ketdi, lekin O'FAda qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1715
Avvalroq, 15 may kuni O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyatida jiddiy o'zgarishlar bo'lishi kutilayotgani haqida xabar bergan edik.
Ishonchli manbalar bergan ma'lumotga ko'ra, Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qo'mitasidagi lavozimini tark etgan. Bu haqda shaxsan Umid Ahmadjonov Worldnews axborot agentligiga ma'lum qilgan.
Milliy olimpiya qo'mitasida bugun yig'ilish o'tkazilgan va undan MOQning so'nggi vaqtlardagi faoliyati tanqid qilingan.
Ushbu yig'ilishda MOQ rahbari Umid Ahmadjonovning mazkur lavozimga loyiqligi masalasi ko'tarilgan. Yig'ilishda qo'mita Bosh Assambleyasining navbatdan tashqari yig'ilishini o'tkazish taklifi kiritilgan.
Bosh Assambleya yig'ilishi tez orada bo'lib o'tishi kutilmoqda. Unda Milliy olimpiya qo'mitasiga yangi prezident saylanishi mumkin. Hozircha aniq nomzod bo'lmagani uchun, Assambleya yig'ilishi boshlanmayapti. Federatsiyalardan bu borada o'z nomzodlarini taklif qilish so'ralgan.
Ma'lumot o'rnida, Umid Ahmadjonov bir vaqtning o'zida O'zbekiston futbol assotsiatsiyaning birinchi vitse-prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritadi. Ahmadjonovning mazkur lavozimdan hali ketmadi.
Eslatib o'tamiz, 2018 yilning 10 yanvar kuni Alisher Sultonov o'rniga O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi sifatida ish boshlagan Umid Ahmadjonov 1977 yil 16 may kuni tug'ilgan. Ahmadjonov ertaga 42 yoshga to'ladi. Umid Ahmadjonov yaqinda Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi prezidentligi lavozimidan ham ozod etilgan edi.