«Atletiko» Godin o'rniga futbolchi sotib oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1084
“Portu” himoyachisi Felipe Monteyro yozgi transferlar vaqtida “Atletiko” futbolchisiga aylanadi.
UOL’ning ma'lumotiga qaraganda, tomonlar 29 yoshli futbolchining transferi borasida kelishuvga erishib bo'lgan. “Matraschilar” portugaliyalik futbolchi uchun 20 mln evro to'laydi.
Ushbu transfer Portugaliya kubogi finalidan keyin rasman e'lon qilinadi. Biroq Monteyro “Atletiko”da tibbiy ko'rikdan o'tib bo'ldi va 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Ma'lumot o'rnida, joriy mavsum Monteyro Portugaliya chempionatida 30 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol va 1 ta golga assisentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!