Markinos Messining o'yinini maqtadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan uchrashuvda “PSJ” safarda “Benfika”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o'ynadi.
O'yindan keyingi intervyuda Markinos 35 yoshli argentinalik futbolchining o'yini haqida gapirdi.
"Messi allaqachon "PSJ"ga moslashib bo'lgan. Endi u qo'lidan kelganicha o'ynayapti. U bizning futbolga mos keladi. Umid qilamanki, Leo mavsum oxirigacha xuddi shunday ruhda davom etadi. U bizga sovrinlarni yutishimizga yordam beradi", - deya braziliyalikning so'zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.
Messining "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!