Messi - EChLda 40 ta jamoa darvozasiga gol urgan yagona futbolchi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
"PSJ" hujumchisi Lionel Messi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasidagi "Benfika"ga qarshi safar uchrashuvida gol urdi.
35 yoshli argentinalik futbolchi 22-daqiqada hisobni ochdi.
Hujumchi ushbu turnirda 40 ta turli jamoalar darvozasiga gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 38 ta, “Real” futbolchisi Karim Benzema 34, Raul (“Real”) 33, Robert Levandovski (“Bavariya” va “Barselona”) 31 ta jamoalarga gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!