"Barselona" "Arsenal" himoyachisini sotib olishi mumkin edi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
"Arsenal" himoyachisi Vilyam Saliba yozgi transfer oynasida "Barselona"ga o'tishi mumkin edi. Ispan klubi "Sevilya"dan Jyul Kundeni qo'lga kirita olmasa, 21 yoshli futbolchini sotib olish variantini ko'rib chiqdi. Bu haqda Fabritsio Romano Twitter'dv xabar berdi.
21 yoshli Saliba "Arsenal"ga 2019 yilning yozida kelib qo'shilgan edi, ammo frantsiyalik himoyachi bu mavsumda "kanonirlar"ning asosiy tarkibida to'laqonli futbolchiga aylandi. U Angliya Premer-ligasining (APL) sakkizta o'yinida ishtirok etib, ikkita gol urdi va golli uzatma berdi.
"Arsenal" uni uch yil davomida ijarada o'ynatdi. Saliba "Sent-Eten", "Nitstsa" va "Marsel" kabi frantsuz klublarida o'ynashga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!