"Chelsi" xo'jayinining orzusi - Ronaldu
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu qishki transfer oynasida "Chelsi"ga o'tishi mumkin. 37 yoshli portugaliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash "ko'klar" xo'jayini Todd Boulining orzusi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Bouli yozda Ronalduni o'z jamoasida ko'rmoqchi bo'lgan, ammo transferga o'sha paytdagi "Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel qarshilik qilgan. Nemis mutaxassisi ishdan bo'shatilgandan so'ng, tadbirkor Grem Potterga bu g'oyani taklif qilishi mumkin.
Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted"ning o'zi Ronaldu bilan xayrlashishga qarshi emas, ammo yanvar oyida "Chelsi"ga o'tish ehtimoli faqat futbolchining o'ziga bog'liq bo'lib, uning mankunianliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar davom etadi.
Joriy mavsumda Ronaldu barcha musobaqalarda 8 ta o'yinda maydonda 378 daqiqa o'tkazib, bitta gol urdi.