"Sevilya" "Tottenxem" hujumchisini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
Vamos mi Sevilla xabariga ko'ra, "Tottenxem" hujumchisi Lukas Moura faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
Manbaga ko'ra, 30 yoshli braziliyalik futbolchiga "Sevilya" da'vogarlik qilmoqda. Ispaniya klubi qishki transfer oynasida futbolchi sotib olishi mumkin.
Joriy mavsumda Moura APLda 2 ta o'yinda maydonga tushib, jami 12 daqiqa o'ynadi. O'tgan mavsumda u 45 o'yinda 6 gol va 8 golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 15 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!