So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zi zo'rg'a nafas olayotgan Pro-liganing 5 klubi 50 mln. so'mdan jarimaga tortildi!?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1080
O'zPFLning 2019 yilgi musobaqalarni o'tkazish reglamentida Superliga va Pro-liga klublari U-18 jamoasiga ega bo'lishi kerakligi ko'rsatilgan.
Ammo ma'lum bo'lishicha, “Iftixor”, “Ittifoq-Buxoro”, “Zarangari”, “Yashnobod” va “Zirabuloq” klublari U-18 jamoasini belgilangan muddatda ro'yxatdan o'tkazmagan.
«Shu sababdan reglamentning 6.44 bandi talablarini bajarmagani uchun “Iftixor”, “Ittifoq-Buxoro”, “Zarangari”, “Yashnobod” va “Zirabuloq” futbol klublariga nisbatan reglamentning 4.14 bandiga hamda Intizom kodeksining 5.34 bandiga asosan 50 million so'm miqdorida jarima intizom chorasi qo'llanildi», – deya xabar qilindi PFL rasmiy saytida.
Qayd etish joiz, jarimaga tortilgan 5ta klubdan 4tasi B Pro-ligasida qatnashadi. Birgina «Iftixor» – A Pro-ligasi ishtirokchisi. Ushbu klub 5-turdan keyin jadvalda so'nggi o'rinni egallab turibdi.