So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Galiulin jamoasining zafari va boshqa laegionerlarimiz haqida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1079
Aliboev qaytdi va... «Seul» klubi J.Koreya chempionati oliy divizioni 11-turida OChL qatnashchisi «Tegu»ni qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi.
Seulliklar sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Ikrom Aliboev qizil kartochka ortidan kelgan diskvalifikatsiyadan so'ng maydonga qaytib, ijobiy natijaga munosib hissa qo'shdi. Har holda, terma jamoamiz a'zosi to'liq 90 daqiqa davomida faolligi bilan ajralib turdi.
Ikrom «Chonbuk Motors»ga qarshi kechgan uchrashuvda qizil kartochka olgani uchun o'tgan tur maydonga tushmagan va «Seul» g'alaba qozonolmagandi.
Endi esa jamoa o'z hisobiga qimmatli 3 ochko qo'shib, turnir jadvalida 2-o'ringa ko'tarildi (20 ochko). J.Koreya quyi ligasidagi vakilarimizga kelsak, Sanjar Tursunov va Shohruh Gadoevning klubi - «Tejon» 10-tur o'yinini o'z maydonida «Pusan Ay Park»ka qarshi o'tkazib, 0:5 hisobida engildi.
Bu uchrashuvda Tursunov 42-daqiqada maydonga tushdi, Gadoev esa 63-daqiqada o'z o'rnini zaxira vakiliga bo'shatib berdi. Tejonliklar keyingi turda «Seul E Lend» maydonida durang qayd etishdi - 1:1. Tursunov bu safar to'liq vaqt harakatlanib, 79-daqiqada sariq kartochka olgan bo'lsa, Gadoev maydonda ko'rinish bergani yo'q.
Rustam Ashurmatov esa «Gvangju»ning har ikki uchrashuvi («Chonnam» - 2:0 va «Pusan Ay Park» - 1:1)da to'liq 90 daqiqadan to'p surdi. Ligadagi yana bir vakilimiz Javlon Ibrohimovning klubi - «Suvon Siti» 10-11-turlarda tegishlicha «Seul E-Lend» (3:1) va «Chonnam» (2:1)ni dog'da qoldirdi. Biroq hamyurtimiz har ikki bahsda maydon chetida qoldi..
Yaponiyada jimlik... «Kunchiqar yurt»da faoliyat yuritayotgan hamyurtlarimizdan birgina Doston Tursunov etarli amaliyotga ega bo'lmoqda. U Yaponiya ikkinchi divizioni 13-turida «Renofa Yamaguchi»ning «Omiya»ga qarshi uy uchrashuvida 51 daqiqa to'p surdi. Hisob - 2:2. «Yamagata» esa «Chiba»ni 3:1 hisobida engdi, faqat Zahibillo O'rinboevsiz. Shuningdek, yuqori ligada o'ynayotgan Fozil Musaev «Jubilo Ivata»ning 11-tur doirasidagi uchrashuvida qatnashgani yo'q. Qolaversa, uning jamoasi safarda «Tokio»ga bas kelolmadi - 0:1.
«Sharja» nega bo'shashib qoldi? «Al-Sharja» klubi BAA Premer-ligasida jarohatlangan Otabek Shukurovsiz yakuniy qadamni tashlashga qiynalmoqda. Sharjaliklar 24-tur doirasida «Al-Vasl» maydonida mag'lub bo'lishdi - 2:3. Natijada chempionlik masalasi ochiq qoldi. Chempionat yakunlanishiga 2ta tur qolgan pallada «Sharja» yaqin ta'qibchisi - «Al-Ahli»ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.
«Nasonal» Primeroni tark etadi... Portugaliya chempionati yuqori ligasi yakunlanishiga 1ta tur qoldi. Bu vaqtda «Nasonal»ning elita bilan xayrlashishi ma'lum bo'lib ulgurdi. Madeyraliklar 33-turda «Portu» mehmoni bo'lib, 4ta javobsiz gol qabul qilib olishdi. Jamoa safidagi Sardor Rashidov hamon tarkibdan chetda qolmoqda. Xitoy superligasi. 9-tur. «Shanxay SIPG» - «Shandong Luneng» - 2:1. OChLda etarli o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan mezbonlar yarim himoyachisi Odil Ahmedov mazkur bahsda qatnashgani yo'q.
Galiulin jamoasida yo'llanma naqd. Rossiya Premer-ligasida ko'pchilik e'tiborini qozonayotgan Eldor Shomurodov 28-turida atigi 20 daqiqalik o'yin vaqtiga ega bo'ldi. Aniqroq aytsak, «Rostov» bosh murabbiyi Valeriy Karpin hamyurtimizga «Dinamo»ga qarshi safar uchrashuvi (0:0)ning 71-daqiqasidagina imkoniyat taqdim etdi. Vitaliy Denisov esa «Krilya Sovetov»ning «Axmat» maydonidagi o'yinida to'liq 90 daqiqa to'p surdi, ammo samaraliklar ortga ochkosiz qaytishdi - 1:2. «Orenbur» - «Ural» uchrashuvi (2:2) mezbonlar vakili Vadim Afonin atigi 10 daqiqa harakatlandi (80-daqiqadan keyin). Darvoqe, keyingi mavsumni Rossiya chempionati asosiy ligasida boshlaydigan 2ta klub ma'lum bo'ldi. Aniqroq aytsak, birinchi divizion finishiga 3ta tur qolgan pallada «Sochi» va «Tambov» jamoalari elita yo'llanmasini naqd qildi. Har ikkisi hisobida 67tadan ochko mavjud. E'tiborli tomoni, hamyurtimiz Vagiz Galiulin «Tambov»ning muvaffaqiyatini o'z hissasini qo'shdi.