So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Superliga klublari o'yinchilarning jismoniy holatini yaxshilashga yanada ko'proq ahamiyat qaratishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 731
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig'iga asosan Superliga uchrashuvlarida faol o'yin vaqtini oshirish, qolaversa futbolchilarning jismoniy holati va tayyorgarligini eng yaxshi darajaga olib chiqish bo'yicha O'zbekiston Professional futbol ligasi amaliy ishlarni boshlab yubordi.
Shu maqsadda bugun O'zPFL binosida Superliga klublari bosh murabbiylari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda qator masalalar muhokama etildi.
Jumladan, ayni paytda Superliga o'yinlarda aksariyat holatlarda faol o'yin vaqti 55-60 daqiqa atrofida bo'lmoqda. Ushbu vaqtni yanada ko'paytirish, faol o'yin vaqtini oshirish maqsadida Superliga klublari ham endilikda har bir futbolchi bilan individual tarzda ishlash va uning sport formasini muntazam tahlil etib borish tartibiga o'tadi.
Hozirda milliy terma jamoa va olimpiya terma jamoaga nomzod futbolchilar jismoniy tayyorgarligi va ularning sport formasi barqarorligi muntazam ravishda tekshirib, tahlil etib borilmoqda.
Ushbu amaliyotni Superliganing barcha klublarida tatbiq qilish esa har bir klub ixtiyorida bo'lgan o'yinchilarning mavsum davomida bir ma'romdagi sport formasini ushlab turishi, bu esa o'z navbatida maydonda o'yin tempining oshishini ta'minlashi tayin.
Bu borada Superliga klublari ustozlarining har biri o'z fikr va mulohazalari bilan o'rtoqlashdi. Ayon bo'ldiki, murabbiylar ham har bir shogirdi jismoniy holati, uning hafta davomidagi mashg'ulotlarda bajargan normalari va boshqa ko'rsatkichlaridan aniq xabardor bo'lib borishidan mamnun bo'ladi. Natijada qaysidir futbolchida u yoki bu jihat oqsayotgan bo'lsa, murabbiy shundan kelib chiqqan holda unga yukalamalar beradi.
Yig'ilish davomida murabbiylar bu boradagi o'z savollari, takliflarini bildirishdi, qolgan klublar ustozlari bilan o'zaro fikr almashib, Superliga uchrashuvlarida keskinlik va shiddat, jozibadorlik va tomoshaboplikning oshishida mashg'ulotlarning intensivligini oshirish va jismoniy tayyorgarlik jihatiga yanada ko'proq urg'u berilishi ahamiyati batafsil muhokama etildi.